Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyuk imperator haykaliga ulkan barmog‘i qaytarildi

Buyuk imperator haykaliga ulkan barmog‘i qaytarildi

Foto: Musei Capitolini/Adam Eastland/Alamy

Parijda 2018-yilda topilgan 38 santimetrli bronza barmoq bo‘lagi yana o‘z egasiga qaytarildi — «The Guardian» yozishicha, Rimdagi Kapitoliy muzeyida turgan imperator Buyuk Konstantin haykali qariyb 500 yildan beri bir barmoqsiz edi.

Foto:  Hervé Lewandowski/RMNGP

Italiyalik bankir va san’at asarlari to‘plovchisi Jampetro Kampanadan sotib olingan bronza barmoq 1863-yildan beri Luvr muzeyida saqlab kelingan. 1913-yilda fransuz ekspertlari uni oyoq barmog‘i qismi deya xato tasniflashgan, oradan bir asrdan ortiqroq vaqt o‘tib, 2018 yilda bu bo‘lak qo‘l barmog‘iga tegishli ekani aniqlandi.

Keyin Luvr arxeologi Nikolya Melar 3D-texnologiya vositasida ushbu bo‘lakning nusxasini yaratgan va uni Rimga keltirib o‘rnatib ko‘rishsa «uzukka ko‘z qo‘ygandek» mos kelgan.

Olimlarga ko‘ra, Konstantin (haykal) ushlab turgan sharni olib tashlashganida unga qo‘shilib barmoq ham ketib qolgan. Sharni bir paytlar Rim imperiyasining eng muhim yo‘li sanalgan Appia yo‘li chekkasidagi kolonna (ustun) tepasiga 1584-yilda o‘rnatishgan.

Nihoyat, oradan asrlar o‘tib, barmoq o‘z egasiga qaytarildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring