Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Roberto Karlos o‘zbekistonlik futbolchilar bilan o‘ynaydi

Roberto Karlos o‘zbekistonlik futbolchilar bilan o‘ynaydi

Foto: «XSPORT.ua»

28-yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo‘lgan himoyachi Roberto Karlos Toshkentga keladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bo‘lib o‘tadigan joyi keyinroq alohida e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi. 

Shuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring