Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi ayrim qidiruv tizimlarida «Telegram» «topilmayapti»

Rossiyadagi ayrim qidiruv tizimlarida «Telegram» «topilmayapti»

Foto: «Kommersant»

«Telegram» messenjeri Rossiyaning bir nechta qidiruv tizimlarida chiqmay qoldi, deb xabar beradi «Kommersant».

«Resurslarni filtrlash» qonuni doirasida «Telegram» messenjeri «Mail.ru» va «Sputnik» kabi qidiruv servislaridan chiqarib yuborilgan. Shu bilan birga «Yandeks» va «Google»da Pavel Durovning messenjeriga havolalarni hamon uchratish mumkin.

«Roskomnadzor» vakillarining tushuntirishicha, «Yandesk» va «Google» hozircha taqiqlangan saytlarni filtrlovchi davlat axborot tizimiga to‘liq ulanmagan: mazkur qidiruv tizimlari ayni vaqtda bu imkoniyatni sinovdan o‘tkazmoqda.

Ta’kidlashicha, idoradagilar «Google» va «Yandeks» kompaniyasining texnik mutaxassislari bilan ma’lumot almashishgan, shuningdek, federal davlat axborot tizimidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun avtomatik yuklov to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Moskvaning Taganskiy tuman sudi «Roskomnadzor»ning «Telegram» messenjerini bloklash haqidagi talabini qanoatlantirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring