Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi mudhish YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (video)

Rossiyadagi mudhish YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (video)

Foto: «34.mvd.rf»

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 8:30da Volgograd oblastining Mixailov tumanidagi R-22 «Kaspiy» federal avtomobil yo‘li 765-kilometrida YTH yuz bergan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida «Mitsubishi Outlander» avtomobili haydovchisi va to‘rt nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. 

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani tug‘ilgan (1965 yil 17 dekabr) Galina Anatolevna Serebryakova ham bor.

Holat mamlakat elchixonasining konsullik bo‘limi nazorati ostiga olingan, deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring