Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand tuman kadastr bo‘limi boshlig‘i tamagirlik qildi

Samarqand tuman kadastr bo‘limi boshlig‘i tamagirlik qildi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan tovlamachi va tamagir mansabdor shaxslarning qing‘ir ishlarini fosh etish chora-tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqandda issiqxona tashkil etish maqsadida yer maydoni ajratib berishni so‘rab, hujjatlarni bekam-u ko‘st taqdim etgan «Rizo bobo» MChJ rahbari ham tamagirlik to‘sig‘iga duch keldi.

Tadbirkorning ushbu murojaatini tuman hokimligi orqali ijobiy hal etish uchun undan 2.500 AQSh dollari olgan Samarqand tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i Zafar Olimov 31-oktyabr kuni ushbu pullarning 2 mingini qaytarib berayotgan vaqtida tezkor guruh tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring