Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda aliment to‘lamay, chetga qochmoqchi bo‘lgan 500 nafarga yaqin fuqaro aniqlandi

Samarqandda aliment to‘lamay, chetga qochmoqchi bo‘lgan 500 nafarga yaqin fuqaro aniqlandi

Kollaj: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshqa idoralar hamkorligida voyaga yetmagan farzandlar moddiy ta’minoti uchun qarzdor fuqarolardan aliment (nafaqa) to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu yo‘nalishda mahalla faollari bilan hamkorlikda 214 ta huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, qarzdor fuqarolardan 269,1 million so‘m aliment pullari undirildi. 51 nafar oila yarashtirildi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi xabar berdi.

Ammo shunday insonlar borki, Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘zg‘atilgan ish yurituvidan so‘ng ham o‘z farzandi ta’minotidan qochishga harakat qiladi. Birgina joriy yilda 464 nafar qarzdor fuqaro aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib, O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqib ketishga harakat qilgan. Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu qarzdor fuqarolar xorijga chiqib ketishining oldi olinib, 489,6 million so‘m aliment pullari undirildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor Valibek Shodmonovdan undiruvchi Shoira Malikova foydasiga voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro hujjati talablari tushuntirilib, ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, qarzdor tomonidan davlat ijrochisining talablari bajarilmagan.

Majburiy ijro byurosiga turli nizolar sabab ajrashgan oilalar o‘rtasida topilgan umumiy mulkdan hissa undirish va mol-mulkni bo‘lish bo‘yicha ham qator ijro harakatlari amalga oshirilgan. Xususan, Samarqand shahrida yashovchi oilalardan biri ajrashgach, da’vogar Dilbar Sarimsoqovaga javobgar Ro‘zi Qosimovdan umumiy mulkdan hissa undirish bilan birga, javobgarga tegishli korxona ulushining yarmi D.Sarimsoqovaga olib berildi.

Eslatib o‘tish kerak, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining zimmasiga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, sud hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish kabidan tashqari qonun buzilishlarning oldini olish vazifasi ham kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring