Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda haydovchi YPX inspektorini qasddan bosib ketdi

Samarqandda haydovchi YPX inspektorini qasddan bosib ketdi

Foto: «Xabar.uz»

24-may kuni soat 12.05larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida «Damas» rusumli avtomashinasini telefonda gaplashib boshqarib kelayotganligi sababli, shu yerda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyati Yo‘l patrul xizmati inspektori I. N. tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida to‘xtatilganida haydovchi xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan.

Haydovchi harakatni davom ettiribgin qolmay, safdor I.Ni.ni qasddan urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Natijada safdor I.Nishonov jarohat olib kasalxonada vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida «Damas» rusumli avtomashinani egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring