Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung Galaxy X» yig‘ma ekran bilan jihozlanadi

«Samsung Galaxy X» yig‘ma ekran bilan jihozlanadi

Foto: «Your EDM»

Yig‘ma OLED ekrani bilan jihozlangan «Samsung Galaxy X» smartfoni joriy yilning dekabrida taqdim etiladi. Bu haqda Janubiy Koreyadagi manbalariga tayanib, «NV.ua» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 2018-yilning noyabridan, unga ishlatiladigan egiluvchan OLED ekrani esa martdan boshlab ishlab chiqarila boshlanadi. Bu turdagi ekranlarning diagonali 7,3 dyuymga teng.

Matritsalarni ishlab chiqarish bilan «Samsung Display» bo‘linmasi shug‘ullanadi.

«Samsung Galaxy X» yopiq holatda oddiy vertikal smartfonga o‘xshash bo‘ladi, biroq uni zarurat tug‘ilganida ochish va shu orqali qulay planshetga aylantirish mumkin.

«Samsung» o‘zining birinchi egiluvchan smartfonini super-premium-qurilma sifatida taqdim etadi. Bu nafaqat uning imkoniyatlariga, balki narxiga ham taalluqli. Qurilmaning ikkala ko‘rsatgichi ham hozirda mavjud smartfonlardan sezilarli darajada farq qiladi», — deydi Koreyada manba.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring