Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sarbozordagi sirli toshlarning siri ochilmoqda

Sarbozordagi sirli toshlarning siri ochilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» saytida Samarqand viloyatining Payariq tumani Sarbozor mahallasidan Murod Norqulovning «Sarbozordagi sirli toshlarning siri nimada?» sarlavhali fotolavhasi chop etilgan  edi.

Muallif materialga ilova qilingan suratlardagi bitiklardagi sir ochilmay kelayotganini aytgandi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Komiljon Rahimov yordamida ushbu suratlardan birida aks etgan bitikning siri ochildi.

— Ushbu qabrtosh marhum Xolmuhammad jaloyirga tegishli, — deydi Komiljon Rahimov. — Faqat sangtarosh yilni yozishda imloviy xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Sangtarosh unchalik ham savodli bo‘lmaganini uning خواجه so‘zini alif harfisiz yozganidan ham bilsa bo‘ladi. U oddiy sangtarosh bo‘lgan, savodli xattot emas. Bitikda arab tilida biroz xatolar bilan quyidagi matn bitilgan: «Hazal-marqadul-marhum al-mag‘fur Xolmuhammad ibn Qulimxo‘ja Jaloyil, sanai 1075». Tarjimasi: «Ushbu qabr marhum Xolmuhammad ibn Qulimxo‘ja Jaloyilniki. Gunohlari mag‘firat qilinsin. 1075/1664 yil».

Komiljon Rahimov qolgan qabrtoshlardagi bitiklarni, uncha yaxshi ko‘rinmagani sababli, aniq o‘qib bo‘lmasligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring