Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Rashidov yozda Fransiya chempionatiga o‘tishi mumkinligini aytdi

Sardor Rashidov yozda Fransiya chempionatiga o‘tishi mumkinligini aytdi

Foto: «Sports.uz»

Toshkentning «Lokomotiv» klubi yangi mavsumda jamoa safiga kelib qo‘shilgan futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi. Marosimda klub safiga yangi kelib qo‘shilgan Sardor Rashidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Lokomotiv» safiga kelganimdan xursandman. Jamoa bilan OChLda yaxshi natijalar qayd etish, chempion bo‘lishni istayman.

Men bu yerga «Al Jazira»dan keldim. «Bunyodkor» borasida gap-so‘z yo‘q. Ular mening bu yerga kelishimda hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydi.

Yozda esa Fransiyaning «Renn» klubiga o‘tishim mumkin», — Rashidovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sports.uz» nashri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring