Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni qirollikdagi do‘konlarda xorijliklarning ishlashini taqiqladi

Saudiya Arabistoni qirollikdagi do‘konlarda xorijliklarning ishlashini taqiqladi

Saudiyalik ayollar Ar-Riyoddagi savdo markazida.

Foto: AP

Saudiya Arabistoni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi joriy yilning sentyabr oyidan boshlab faqatgina o‘z fuqarolari ish bilan ta’minlanadigan do‘konlarning ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi vazirlik rasmiy vakili Xolid Xaylning so‘zlariga tayanib ma’lum qildi, deya yozmoqda «RIA Novosti».

«Faqatgina Saudiya fuqarolari ishlaydigan do‘konlarning ro‘yxatiga 12 turdagi savdo korxonalari, shu jumladan soat, ko‘zoynak, tibbiy asbob-uskunalar, qurilish materiallari, mebel, kiyim-kechak, avtomobil salonlari va ehtiyot qismlari sotiladigan do‘konlar kiradi», — deydi Xayl.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vazir Saudiya ayollarini do‘konlarda ishlash uchun yollamoqchi ekanini tasdiqlagan.

Shuningdek, O‘mon sultonligi ham o‘z fuqarolarini ish bilan ta’minlash maqsadida o‘nga yaqin sohada xorijliklarning ishlashini taqiqlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring