Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich — bosh vazirlikka nomzod
Serbiyaning hukmron partiyasi (Serb progressiv partiyasi) mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchichni bosh vazirlikka nomzod qilib tanladi.
«Bugun sizlardan olgan ushbu ishonch men uchun ulkan sharafdir. Xalq nima deyishini ko‘ramiz. Bu katta sharaf. Kamchiliklar hammada bor, jumladan bizda ham yetarli. Lekin milliy va davlat manfaatlarimizni bizdan ko‘ra aniqroq, realroq, jiddiyroq va mas’uliyat bilan hurmat qiladigan hamda himoya qiladigan boshqa partiya yo‘q», — dedi Vuchich ovoz berishdan so‘ng.
Serbiyada parlamentga saylovlar shu yil 25-oktyabrda o‘tkazilishi kutilmoqda, yaqin kunlarda parlament tarqatib yuboriladi va ovoz berish sanasi rasman belgilanadi.
Ma’lumot uchun: Aleksandr Vuchich (56 yoshda) — 2017-yildan buyon Serbiya prezidenti. 2026-yil iyunida muxolifat isyonlaridan so‘ng yaqin orada iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. 2014–2017-yillarda Serbiya bosh vaziri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter