Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahobiddin Zoirov «Uzbek Tigers» hisobiga ikkinchi g‘alabani keltirdi

Shahobiddin Zoirov «Uzbek Tigers» hisobiga ikkinchi g‘alabani keltirdi

Foto: «Gazeta.uz»

Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Toshkentdagi «Universal» sport majmuasida WSB musobaqasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston boks federatsiyasiga qarashli «Uzbek Tigers» jamoasi Kubaning «Cuba Domadores» klubiga qarshi jang olib bormoqda.

WSB guruh bosqichi doirasida «Cuba Domadores» klubi bilan bellashayotgan «Uzbek Tigers»ning ikkinchi bokschisi ham g‘alaba qozondi. 56 kilogrammgacha vazn toifasida ringga chiqqan Shahobiddin Robeysi Ramiresdan ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘stmatov bugung boksi kechasidagi ilk g‘alabani olib kelgan edi.

Shuningdek, «Uzbek Tigers» a’zolari Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov ham ringga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring