Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov amerikalik yengilmas raqibini mag‘lub etdi

Shahram G‘iyosov amerikalik yengilmas raqibini mag‘lub etdi

Bugun, 18 iyun kuni Shahram G‘iyosov AQShning Nyu-Orlean shahrida amerikalik Harold Kalderonga qarshi WBA Eliminator jangida ringga ko‘tarildi.

Professional boksning yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi faoliyati davomida 27ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan yengilmas raqibini ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi — 120:108, 118:110, 116:112.

Natijada G‘iyosov 14-jangidagi 14-g‘alabasini qo‘lga kiritib, WBA chempionlik kamari uchun yana bir qadam yaqinlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring