Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabzda maqom muzeyi tashkil etiladi

Shahrisabzda maqom muzeyi tashkil etiladi

Foto: «surxontongi.uz»

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida maqom muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

O‘zbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy tatqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e’lon qilib borish muzey faoliyatining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Muzeyni jihozlash, ekpozitsiyasini yaratish hamda eskiz va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Madaniyat vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzeyni uning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, maqom san’atiga oid hujjatlar, kino, fono-, fotomateriallar va muzey ashyolari bilan ta’minlash vazifasi topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring