Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Meridian» tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev «Meridian» tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi «Meridian» tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida xususiy tibbiyot muassasalari soni 720 tani tashkil etadi — «Meridian» shulardan biri.

2021-yil dekabrda foydalanishga topshirilgan klinika zamonaviy tashxis va davolash xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Zamonaviy uskunalar Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan keltirilgan. Shifoxona 120 ta statsionar o‘ringa, yiliga 2 mingta jarrohlik amaliyotini o‘tkazish quvvatiga ega.

E’tiborlisi, o‘tgan yili tibbiyot markazi huzurida universitet ham ochildi. Hozir 600 nafar talaba o‘qimoqda, ularga chet ellik o‘qituvchilar saboq bermoqda. Talabalar tibbiyot markazida amaliyot o‘taydi.

Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinikalar, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni o‘zida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi.

Shavkat Mirziyoyev shifokorlar bilan suhbatlashdi.

«Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi, buni aholi qabul qildi. Chunki odamlarimiz yaxshi yashashga intilyapti, o‘z sog‘lig‘iga qarayapti. Aholi daromadini oshirish bo‘yicha qilayotgan hamma harakatlarimiz aslida shuning uchun — xalqimizning sog‘lom va farovon yashashi uchun», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentga klinikaning intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, transplantologiya, radiologiyani yo‘lga qo‘yish borasidagi loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring