Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev to‘rtinchi marta Buxoroga borishi kutilyapti

Shavkat Mirziyoyev to‘rtinchi marta Buxoroga borishi kutilyapti

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda yana Buxoro viloyatiga safar uyushtirishi mumkin. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohi yaqinida joylashgan 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yaqinda qayta rekonstruksiyadan chiqdi. Bir necha kunlardan so‘ng muassasasining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ushbu marosimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham kelishi kutilmoqda.

Ushbu tashrif 2018-yil hisobidan Buxoroga amalga oshirilgan to‘rtinchi tashrif bo‘lishi mumkin. Bungacha Shavkat Mirziyoyev 16-17-fevral kunlari viloyatdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida borgan edi.

Keyin ushbu tashrifda belgilangan vazifalarning ijrosini muhokama qilish uchun 19-aprel kuni tashrif buyurgan va videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi.

Uchinchi marta — 1-may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Buxoro viloyatining muqaddas qadamjolari ziyorat qilib, diqqatga sazovor joylarini tomosha qilgan edilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring