Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ochiq ko‘rgazmasida (fotoreportaj)

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ochiq ko‘rgazmasida (fotoreportaj)

Foto: «President.tj»

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni paytda ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘lib turibdi.

Bugun kunning birinchi yarmida Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmada o‘zbek kompaniyalarining yuzdan ortiq mahsulotlari namoyish etildi. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tojikistonliklarni 60 xildan ortiq uskunalar, qurilish materiallari, elektronika, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar, farmatsevtika preparatlari, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari, charm, mebel va boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanishtirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring