Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT a’zolari iyunda Sindaoda yig‘iladi. Unda Yevropa ittifoqi va AQSh ham ishtirok etadimi?

ShHT a’zolari iyunda Sindaoda yig‘iladi. Unda Yevropa ittifoqi va AQSh ham ishtirok etadimi?

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 29-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan joriy yilning iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining Sindao shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan navbatdagi sammitiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Xitoy, Rossiya, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istonning yurtimizdagi elchilari, elchixona xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Foto:«Xabar.uz»

Anjumanni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov boshqarib bordi. Dastlab barcha davlat elchilariga so‘z berildi. Iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar, xavfsizlik, madaniy-ma’rifiy aloqalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng jurnalistlar bilan savol-javoblar boshlandi. Savollar asosan bo‘lajak sammit haqida bo‘ldi. Jumladan, jurnalistlar iyunda bo‘ladigan uchrashuvda Yevropa ittifoqi va AQSh ishtiroki bilan qiziqdilar.

Foto:«Xabar.uz»

— Bu masala yuzasidan aniq javob bera olmaymiz. Lekin ushbu davlatlarning tashqi ishlar vazirligi va diplomatik korpus vakillari bilan kelishib, ushbu masalaga oydinlik kiritish mumkin, lekin bu borada aniq kelishuvlar bizga qorong‘i, — deya javob berdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring