Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda ikkita xonadonda gazdan yong‘in chiqdi

Sirdaryoda ikkita xonadonda gazdan yong‘in chiqdi

Foto: IIV matbuot xizmati

2019 yil 8 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani, Yangi asr ko‘chasida yashovchi A.N. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqqan gaz va xavo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida oshxonaning tom qismi yonib zarar ko‘rgan hamda A.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu kunning o‘zida Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri Orzu ko‘chasida yashovchi I.Sh. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish uchun gugurt chaqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqqan gaz va xavo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada I.Sh. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xonadoningizda tabiiy gazdan foydalanganda gaz plitalari va shu kabi gaz texnikalarining soz holda ekanligiga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring