Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li hokim bo‘ldi

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li hokim bo‘ldi

Foto: «360tv.ru»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov Axal viloyati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, prezident Axal viloyati sobiq rahbari Shohrat Amangeldiyevni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etgan.

Serdar Berdimuhamedov rahbar etib tayinlanguniga qadar viloyat rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi. Axal viloyati mamlakatning janubida joylashgan bo‘lib, Turkmanistonning besh viloyatidan biri hisoblanadi.

Serdar Berdimuhemedov 1981-yilda tavallud topgan. Niyozov S.A. nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Serdar — Turkmaniston prezidentining yagona o‘g‘li. U 2016-yili mamlakat parlamentiga saylanib, siyosatga kirib kelgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring