Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sportga ajratilgan mablag‘larni monitoring qilish va korrupsiya holatlarini aniqlash uchun maxsus boshqarma tuziladi

Sportga ajratilgan mablag‘larni monitoring qilish va korrupsiya holatlarini aniqlash uchun maxsus boshqarma tuziladi

Foto: «Gazeta.kz»

Xabar berganimizdek, «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Farmonda muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining markaziy apparati tuzilmasida sport faoliyatini tashkil qilishda asoslilik, ob’yektivlik va shaffoflikni ta’minlash, shu jumladan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ajratilgan davlat moliyaviy mablag‘laridan oqilona foydalanilishini tahlil qilish, aholining sport xizmatlaridan qoniqish darajasi va sport xizmatlaridan foydalana olish shart-sharoitlarini baholash, shuningdek, korrupsiya va boshqa suiiste’molchilik holatlarini aniqlash uchun mas’ul bo‘lgan Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasini tashkil etilishi belgilandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring