Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sug‘d viloyati hokimi Samarqand viloyati hokimiga qimmatbaho sovg‘a yubordi

Sug‘d viloyati hokimi Samarqand viloyati hokimiga qimmatbaho sovg‘a yubordi

Foto: Samarqand viloyat hokimligi

1-mart kuni Samarqand viloyatining «Jartepa», Sug‘d viloyatining «Sarazm» o‘tkazish punktlari o‘z ishini tikladi. Samarqand – Panjakent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yo‘li yana ochildi.

7-mart kuni Samarqand shahrida ikki xalqning buyuk vakillari — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga yodgorlik o‘rnatildi. Shu kuni «Jartepa» o‘tkazish punktida O‘zbekiston Prezidentining Tojikiston Sug‘d viloyatiga sovg‘asi — Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirildi.

Kecha, 10 mart kuni esa Sug‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevga «Sarazm-Jartepa» o‘tkazish punkti orqali qimmatbaho sovg‘a yubordi, deyiladi viloyat axborot xizmati xabarida.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati va Sug‘d viloyatining Panjakent shahri hokimliklari vakillari ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar kun sayin mustahkamlanib borayotgani, yangi davr talablari asosida rivojlanayotganini e’tirof etishdi.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati mazkur qimmatbaho sovg‘a nima ekaniga oydinlik kiritmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring