Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkormisiz? Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bormi?

Tadbirkormisiz? Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bormi?

Foto: «ITPulse»

Mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirish uchun infratuzilma va qulay muhitni shakllantirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kripto-valyutalar, blokcheyn texnologiyalari va elektron tijorat bo‘yicha boshqa takliflarni taqdim etish imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 22-yanvarida qabul qilingan «2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.

AKT vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida so‘rov e’lon qildi.

So‘rov natijalari «O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishda qo‘llaniladi.

So‘rov joriy yil 16-fevraliga qadar o‘tkaziladi.

Elektron tijorat rivojiga befarq bo‘lmaganlar, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlar, mutaxassislarning o‘z takliflarini bildirishlari uchun qulay fursat bu.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring