Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tanasidan 16 ta igna topilgan chaqaloq vafot etdi», degan xabarlar yolg‘on!

«Tanasidan 16 ta igna topilgan chaqaloq vafot etdi», degan xabarlar yolg‘on!

U tirik va jajji yurakchasi hayot uchun kurashishda davom etmoqda.

Foto: Zamonaviy.CoM

So‘nggi kunlarda katta shov-shuv keltirib chiqargan, tanasiga 16 dona igna kiritilgani taxmin qilingan chaqaloqning joni uzildi, degan xabar bir lahzada internet orqali hammayoqni aylanib chiqdi. Ko‘pchilik ko‘ziga yosh oldi, go‘dakning umri qisqa ekanligidan afsuslandi.

Hamkasblarimizning aniqlashlaricha, avval Farg‘onada, keyin poytaxtda malakali shifokorlarning zarur muolajalari, qator operatsiyalardan so‘ng chaqaloqning ahvoli og‘irligicha qolayapti, lekin u tirik va jajji yurakchasi hayot uchun kurashishda davom etmoqda. Buncha tig‘lar bilan shuncha vaqt yashab kelganining, qator operatsiyalarga dosh berganining o‘zi ham bir mo‘’jiza va ishonamizki bu mo‘’jizaning davomi bo‘ladi. Hozirda ko‘pchilikni bir savol qiynamoqda: buncha igna bolaning tanasiga qanday qilib kirib qolgan? Ularning joylashgan joyiga ko‘ra, bola buncha ignani yutishi mumkin emas. Demak kimdir muntazam bolaning tanasiga igna tiqib kelgan va bu qabih ishi sirligicha qolishini rejalashtirgan. Bu bo‘yicha tergov boshlanganini hisobga olib, tez orada bu savollarga oydinlik kiritilishiga va bunday razil kimsa albatta jazolanishiga umid qilamiz.

Biz sen bilanmiz bolajon! Kurashishda davom et!!!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring