Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslari qamoqqa olindi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslari qamoqqa olindi

Agentlik (migration.uz) saytidan skrinshot

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mansabdor shaxslari ommaviy ravishda qamoqqa olindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator mansabdorlik jinoyatlari fakti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida 16-noyabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori Ravshan Ibragimov, agentlik direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarov, shuningdek, agentlik bo‘lim boshlig‘i A.A. va sho‘ba mudiri O.M.ga ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Bosh prokuratura tergov siri nuqtai nazaridan ish yuzasidan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring