Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tesla» avtomobillarida itlar rejimi paydo bo‘ldi

«Tesla» avtomobillarida itlar rejimi paydo bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

«Tesla» kompaniyasi o‘z elektromobillarida itlar uchun maxsus rejim — «Dog Mode»ni joriy etdi. U uy hayvonlarining mashina salonida o‘zlarini erkin his etishlari uchun sharoit yaratadi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net». 

Ta’kidlanishicha, ushbu rejim avtomobillar egalari iltimoslariga ko‘ra joriy etilgan.

«Ba’zida elektromobil ishlayotganini bilish qiyin bo‘ladi. Bu esa mashinada itlar bo‘lgan paytda va sovutgich ishlayotgani ko‘rinmaganda noqulaylik tug‘diradi. Yangi rejim bu muammoni bartaraf etadi»,-deyiladi xabarda.

«Tesla» kompaniyasi 2016 yilda to‘xtab turgan avtomobil ichida qolgan bolalar va uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik qiluvchi «Cabin Overheat Protection» xizmatini ham joriy etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring