Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toliblarning hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Toliblarning hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto:«The New York Times»

«Tolibon» radikal harakati Afg‘onistonning Saripul viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirishi oqibatida NO‘Pni qo‘riqlovchi o‘n bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «РИА Новости» xabar berdi.

Viloyat hokimining rasmiy vakili Zabihulla Ahmaniyning ma’lum qilishicha, qarshi hujumda uch nafar jangari, xususan, harakat komandirlaridan biri ham o‘ldirilgan. To‘rt nafari esa jarohatlangan.

Bundan avval toliblarning G‘azna viloyati Jagatu tumanidagi NO‘Pga hujumi oqibatida to‘rt nafar afg‘on politsiyachisi halok bo‘lgan, yana besh nafari jarohatlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring