Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 67 yoshli fuqaroning qotiliga aylangan ayol ushlandi

Toshkentda 67 yoshli fuqaroning qotiliga aylangan ayol ushlandi

Foto: «Tengrinews.kz»

Joriy yilning 30-mart kuni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 67 yoshli O.K.ning jasadi uyining oshxonasidan bo‘yin qismida sanchilib-kesilgan jarohati bilan topilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumanida yashovchi A.A. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring