Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 35,5 million so‘mni o‘zlashtirgan fuqaro qo‘lga tushdi

Toshkentda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 35,5 million so‘mni o‘zlashtirgan fuqaro qo‘lga tushdi

Foto: encrypted-tbn0.gstatic.com

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida do‘kon kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni va’da berib, 35 million 500 ming so‘m miqdoridagi pulni o‘zlashtirirgan fuqaro qo‘lga tushdi.

IIV saytida yozilishicha, bundan bir necha vaqt oldin, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Z.Mamasharipov Zangiota tumanida yashovchi B.Abdullayevga Yunusobod tumanida joylashgan «Yunusobod ne’matlari» nomli do‘konini kadastr hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan 35.500.000 so‘m olgan. Biroq u bergan va’dasini bajarmasdan pullarini o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Z.Mamasharipov qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring