Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Lasetti»ni olib qochgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Toshkentda «Lasetti»ni olib qochgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-aprel kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi S.Yo. ismli ayolning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan «Lasetti» rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani 20-«A» dahada yashovchi R.F. va Uchtepa tumani 23-dahada yashovchi Sh.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring