Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yirik «Lirika»furushlar qo‘lga tushdi (video)

Toshkentda yirik «Lirika»furushlar qo‘lga tushdi (video)

Kadr: «YouTube»

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorliqda inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p miqdordagi «Lirika» va «Tramadol» nomli dori vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Toshkent shahar Uchtepa tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Galenika Farm» MChJ dorixonasi rahbari, fuqaro J.A. xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan 3360 dona «LYRICA» nomli dori vositasini noqonuniy ravishda sotayotgan chog‘ida qo‘lga olindi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng, ushbu shaxs rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi «Galenika Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyati dorixonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu dorixonada yana 112 dona xuddi shu kabi dorilar sotilayotgani, uning egnidagi kurtkasi cho‘ntagidan ham 14 dona «LYRICA» nomli dori vositasi borligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu shaxs 111 dona «LYRICA» dori vositasini dorixonaning yuvinish xonasiga yashirib qo‘ygani ham aniqlandi.

Tekshiruv davomida J.A.ga ushbu dorilarni «Dilnur farm plyus» MChJ dorixonasi rahbari fuqaro T.Z. keltirib bergani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng mazkur dorilarni yetkazib bergan fuqaro T.Z.ning avtomashinasini ko‘zdan kechirish jarayonida ushbu avtomashinada 10 dona «Tramadol» nomli inson salomatligiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi.

Ushbu shaxs faoliyat ko‘rsatuvchi «Dilnur farm plyus» MChJga qarashli dorixona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda esa ushbu dorixonada ham jami 45 dona «LYRICA» nomli dori vositalari noqonuniy ravishda sotish maqsadida saqlanayotgani aniqlandi.

Achinarlisi shundaki, zanjir tariqasida sodir etilgan ushbu huquqbuzarlik holatlarida dorilar ta’minoti qo‘ldan-qo‘lga, bir dorixonadan ikkinchi dorixonaga noqonuniy yetkazib berish orqali amalga oshirilgan, deyiladi xabarda.

Chunki fuqaro T.Z.ning dorixonasida sotilayotgan «LYRICA» dori vositasilarining bir qismi «Muzaffar» ismli shaxs tomonidan, yana bir qismi esa fuqaro O.U. tomonidan yetkazib berilgan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro O.U. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda 49 dona «LYRICA» nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur qonunbuzarliklarni sodir etgan shaxslardan qiymati 66,5 mln. so‘mlik, 3700 donadan ziyod «LYRICA» hamda «Tramadol» dorilari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat buyicha bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring