Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transformer. Har qanday joyga joylasha oladigan avtomobil yaratildi (video)

Transformer. Har qanday joyga joylasha oladigan avtomobil yaratildi (video)

«Four Link Systems» avtomobili.

Foto: «Daily Mail»

Naqadar xunuk, juda qimmat, ikki o‘rindiqli va deyarli har qanday joyga joylasha oladigan yangi transport vositasi — «Earth-1» transformer avtomobili yaratildi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Qaysidir ma’noda u skuterga o‘xshaydi va muhandislarning harakati yordamida «Smart» avtomobiliga aylana oladi. Avtomobil yaponiyalik dizayner Okavara Kunio tomonidan ishlab chiqarilgan.

«Smart» avtomobilining puliga «Lexus»ning qimmat modellaridan birini sotib olish mumkin (70 ming dollarga yaqin), biroq bunday narx-navo xaridorlarni cho‘chitib yuborgani yo‘q.

«Four Link Systems» avtomobilini ishlab chiqaruvchilar hozirda turli bozorlardan, jumladan, Yaponiya, Xitoy va Dubaydan 30ga yaqin buyurtma oldi. Kompaniya bu turdagi avtomobillarni aeroport va turistik maskanlar uchun yiliga 300 nusxada ishlab chiqarishni rejalashtiryapti.

«Biz haydovchilarga o‘zini oddiy mashinani emas, balki transformerni boshqarayotgandek his qilishida yordam beradigan avtomobilni yaratdik», — deydi kompaniya bosh direktori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring