Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada o‘zbekistonlik sayyohning daraxtga osilgan jasadi topildi

Turkiyada o‘zbekistonlik sayyohning daraxtga osilgan jasadi topildi

Foto: «rusturkey.com»

Turkiyaning Bodrum shahrida O‘zbekiston fuqarosi osilgan holda topildi. Bu haqda «Repost.uz» xorijiy nashrlarga tayanib xabar bermoqda.

Jasad Gumushluk sohilida, qirg‘oqdan 20 metr uzoqlikdagi daraxtdan topilgan. Ushbu holatga guvoh bo‘lib shokka tushgan sayyohlar, mahalliy aholi vakillari, politsiya hamda shifokorlarni yordamga chaqirgan.

Dastlabki surishtiruv natijasida jasadning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Bu fuqaro o‘zbekistonlik ekani va uning 32 yoshli Shuteratbek Rasulov (Shuteratbek Rasulov) ekanligi aytilmoqda.

Voqeaning qolgan tafsilotlari esa hozircha noma’lum. Tekshiruv natijalarida qotillik sababiga tez orada aniqlik kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring