Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaqt tarixi va qora tuynuklar tadqiqotchisi Stiven Xoking vafot etdi

Vaqt tarixi va qora tuynuklar tadqiqotchisi Stiven Xoking vafot etdi

Stiven Hoking 20 yoshligidayoq murakkab asab kasalligi bilan asta sekin to‘shakka mixlanib qola boshlagan.

Foto: «Globallookpress.com»

Butkul shol bo‘lib qolgan holatda ham aql bovar qilmas nazariyalari va murakkab ilmiy tadqiqotlari bilan jahon ilm ahlini lol qoldirgan olim Stiven Hoking 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning farzandlari ommaviy axborot vositlari vakillariga bildirdilar.

Stiven Hoking o‘tgan asrning 60-yillarida, 20 yoshligidayoq murakkab asab kasalligi bilan asta-sekin to‘shakka mixlanib qola boshlagan. Ammo shunga qaramay u koinot va tabiat sirlarini o‘rganishda faol davom etgan va 1988-yilda «Vaqtning qisqa tarixi» asarini yozib tugallagan. Dunyoning barcha yetakchi tillariga tarjima qilingan va 10 million nusxadan ko‘proq adadda nashr qilingan bu asar muallifga katta shuhrat keltirdi.

Hoking o‘zi uchun maxsus yasalgan nogironlar aravachasida o‘tirganicha ishlaydigan oz sonli barmoqlari bilan global isish, ijtimoiy notenglik va samodagi qora tuynuklar to‘g‘risidagi tadqiqotlarini umrining oxiriga qadar davom ettirgandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring