Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vikipediya» yopilishi mumkinmi?

«Vikipediya» yopilishi mumkinmi?

Foto: «Itc.ua»


Yevroparlament mualliflik huquqlari yo‘riqnomasini ko‘rib chiqishi arafasida «Vikipediya»ning Yevropa saytlari ish tashlash qildi, deb xabar berdi «Newsru.com»

Shu kuni, masalan, latish tilida ishlovchi «Vikipediya» ochilmagan. Saytga kiruvchilar quyidagi yozuvlarni o‘qishdi:

«Agarda bu yo‘riqnoma ma’qullansa, u internetdagi so‘z erkinligini bo‘g‘ib qo‘yadi. Axborot hamjamiyatida qatnashuvni rag‘batlantiruv o‘rniga internetdagi erkinliklarga cheklov qo‘yilmoqda».

Kecha xuddi shu holatni italyan «Vikipediya»sida ham kuzatdik. Italiyaliklar hatto yo‘riqnomaning qabul qilinishi «Vikipediya»ni yopishgacha olib kelishi mumkin deb hisoblashyapti.

Yuqoridagi hamkasblariga ispan va eston «Vikipediya»larini yurituvchilar ham qo‘shilishdi.

Asosiy e’tiroz yo‘riqnomaning 11 va 13-moddalariga bildirilyapti. 11-modda internet-servislar kontent ishlab chiqaruvchilar, jumladan, OAV bilan litsenziya kelishuvi tuzib, ularga berilayotgan havolalar uchun pul o‘tkazib turishini ko‘zda tutadi. 13-moddada esa filtrlar o‘rnatish talabi qo‘yilgan, ularga qarab mualliflik huquqlariga qay darajada rioya qilinayotgani kuzatib boriladi.

Bunday tizim hozir «YouTube» videoxostingida (bir tekis bo‘lmasa-da) ishlab turibdi.

Yo‘riqnomaga internetdagi ko‘plab taniqli insonlar, jumladan, Butunjahon o‘rgimchak to‘ri asoschisi Tim Berners-Li ham qarshi chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring