Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki imtiyozli avtokredit xizmatini taklif qiladi

Xalq banki imtiyozli avtokredit xizmatini taklif qiladi

Foto: «Kommersant.Uz»

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan rasmiy dilerlar tarmog‘i orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan «GM Uzbekistan» AJ avtomobillarini olish uchun AT Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslarga avtokreditlar beriladi.

Ushbu kredit yillik 30 foiz ustama haq to‘lash, qarz oluvchi tomonidan avtomobil narxining 30 foizi miqdori dastlabki badalni to‘lash sharti bilan beriladi. Imtiyozli davr 3 oy etib belgilangan. Ya’ni ushbu davrda faqatgina oylik hisoblangan foizlar to‘lanadi.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Kredit olish uchun ariza.
  2. Ish joyidan oxirgi 12 oy davomida olgan daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidan ma’lumotnoma.
  3. Avtomobil sotib olish shartnomasi.

Ushbu kreditni Xalq bankining respublikamizdagi mavjud 197 ta filiali orqali rasmiylashtirishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring