Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki xodimlari Samarqandga sayohat qilishdi

Xalq banki xodimlari Samarqandga sayohat qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilish hamda boy madaniy-tarixiy meros va o‘ziga xos tabiiy maskanlar bilan yaqindan tanishish maqsadida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizm Dasturi amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan yaqinda aksiyadorlik tijorat Xalq banki ichki turizmni rivojlantirish, bank xodimlariga yurtimizning qadimiy va tarixiy maskanlarini yaqindan tanishtirish maqsadida ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.

Ushbu sayohat dasturi bir kundan iborat bo‘lishiga qaramasdan bank xodimlari Samarqand shahrining  Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi va Shohi Zinda, Bibixonim majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lib, mashhur me’moriy obidalar bilan tanishdilar. 

– Ko‘hna Samarqand shahri tarixiy obidalari bilan ajralib turishiga bugun yana bir bor amin bo‘ldim, – deydi bank xodimi Durdona Ibragimova. 

– Hamkasblarim bilan bir oila bo‘lib, Samarqand shahriga ham sayohat, ham ziyorat uyushtirilganidan juda xursand bo‘ldik. To‘g‘risini aytsam, O‘zbekistonda yashab turib, Samarqand shahriga birinchi marta keldim. Bu yerning bir-biridan betakror tarixiy obidalarini, eski shaharlarini tomosha qilib, Samarqand haqiqatdan ham «Sharq durdonasi» ekanligiga amin bo‘ldim.

Muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish albatta, insonga tetiklik va ruhiy zavq bag‘ishlaydi. Albatta, bank xodimlarining Samarqandga qilgan safari ularda unutilmas taassurot qoldirdi. 

Bank axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring