Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi safarlar uchun sarflagan mablag‘ini ochiqladi

Xalq ta’limi vazirligi safarlar uchun sarflagan mablag‘ini ochiqladi

Foto:«Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligi Prezidentning «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq xodimlarning xizmat safarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilmoqda.

Joriy yilning dastlabki yarim yilligida joylarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’limni rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish maqsadida hamda Respublika ishchi guruhlari tarkibida Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati hamda markaziy apparatining mutaxassis xodimlari 267 marta Respublikaning turli hududlariga xizmat safarlarini amalga oshirgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur safarlar uchun 395,5 mln. so‘m miqdorida xarajat qilingan.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring