Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro maqomchilar Shahrisabzga «Afrosiyob»da borishadi

Xalqaro maqomchilar Shahrisabzga «Afrosiyob»da borishadi

Mutaxassislar tomonidan Qarshi-Kitob yo‘nalishida ilk bor «Afrosiyob» zamonaviy eletropoyezdi harakatlantirildi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Texnik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi va 30-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi «Afrosiyob» poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga yetib keldi.

Qarshi-Kitob temir yo‘l liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to‘liq nihoyasiga yetkazildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyib 124 kilometrdan iborat bo‘lgan mazkur loyihaning qisqa muddatda, sifatli qilib amalga oshirishdi.

E’tiborlisi, 94 kilometr masofani tashkil etuvchi «Toshguzar-Kitob» liniyasi to‘liq elektlashtirilib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi uchun moslashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabzda I Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tadi. Xalqaro tadbir qatnashchilari endi bu tadbirga «Afrosiyob» poyezdida borishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring