Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi» kompaniyasi «iPhone X»dan arzonroq elektroskuterni taqdim etdi

«Xiaomi» kompaniyasi «iPhone X»dan arzonroq elektroskuterni taqdim etdi

Foto: «NV.ua»

«Xiaomi» kompaniyasi narxi 744 dollardan boshlanuvchi «Super Soco Smart» skuterini ishlab chiqardi. Modelning o‘ziga xos jihati — unga 138 daraja burchak ostida Full HF-video olish imkoniyatiga ega kamera o‘rnatilgan, deb xabar berdi «NV.ua».

«Aqlli» elektroskuter 2015-yilda Shanxayda asos solingan «Soco» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniyaga «Xiaomi» va boshqa investorlar sarmoya kiritgan. «Soco» uchun mazkur model ikkinchi avlod skuteri hisoblanadi.

«Super Soco Smart» futuristik old faralari, raqamli displeyi va kamerasi bilan ajralib turadi. Ekranda haydovchi uchun barcha kerakli ma’lumotlar ko‘rsatib turiladi, jumladan, harorat va sana. Shuningdek, skuterda Wi-Fi ham mavjud bo‘lib, uning kamerasidagi barcha ma’lumotlarni smartfon yoki kompyuterga ko‘chirib olish, bundan tashqari yo‘llarda sodir bo‘lgan YTHlar haqida politsiyaga xabar berish mumkin.

Elektroskuterga 26, 32 yoki 28 A/soat sig‘imli akkumulyatorlar o‘rnatiladi. Buning evaziga skuter bir marta quvvatlanish orqali 80 dan 120 kilometr masofagacha yo‘l bosib o‘tishi mumkin.

Skuterning bir marta quvvatlanishda 80 kilometr masofa bosadigan standart versiyasining narxi 774 dollarni, 120 kilometrligi 1152 dollarni tashkil etadi. Elektroskuterlar joriy yilning 24 may sanasidan sotuvga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring