Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi»ning ikkita ommabop smartfonida muammo yuzaga kelmoqda

«Xiaomi»ning ikkita ommabop smartfonida muammo yuzaga kelmoqda

Foto: «Terabayt»

Turli-tuman modellari va hamyonbop narxlari bilan «Xiaomi» kompaniyasi smartfon bozorini tobora ko‘proq zabt etib kelmoqda. Ammo ularning ayrimlarida, xususan, yangi proshivkalar bilan bog‘liq muammolar ham uchrab turibdi, deb xabar beradi «Terabayt».

«Gizchina» nashri xabariga ko‘ra, Xiaomi Mi 5S hamda Mi 5S Plus rusumli smartfonlarida shunday holat yuzaga kelgan. Aniqrog‘i – muammo kompaniya ushbu modellar uchun ishlab chiqqan Android Oreo talqini asosidagi MIUI 10 proshivkasida. Mazkur talqingacha yangilangan smartfonlarning ayrim funksiyalari ishlamay qolmoqda.

Xususan, Mi 5S Plus modelining qo‘shaloq kamerasida hamda ultratovushli daktiloskopik datchikda muammo kuzatilgan. «Xiaomi» buning yechimi uchun «Qualcomm» muhandislariga murojaat etgan – mazkur smartfonlarda aynan shu kompaniya protsessorlari qo‘llangan.

Kamera bilan bog‘liq ayrim muammolar hal etilgan, lekin bu rusumlardagi smartfonlar uchun Android Oreo bazasidagi barqaror proshivka joriy yilning noyabridagina chiqarilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring