Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy 2019 yilda 6,8 ming kilometr temiryo‘l qurmoqchi

Xitoy 2019 yilda 6,8 ming kilometr temiryo‘l qurmoqchi

Foto: «Novosti»

Xitoy 2019 yilda 6,8 ming km. yangi temiryo‘llarini foydalanishga topshirishni rejalashtirgan. Ulardan 3,2 mingi tezyurar poyezdlar uchun ajratiladi. Bu haqda «China Railways» davlat korporatsiyasi xabarida aytilmoqda.

2018 yilda mamlakatning barcha hududida umumiy 4,7 ming km. temiryo‘l foydalanishga topshirildi. Ulardan 4,1 mingi tezyurar poyezdlarga tegishli.

O‘tgan yil davomida poyezdlarda 3,3 milliard yo‘lovchi qatnovi amalga oshirilgan, 4 milliard tonnadan ortiq yuk tashilgan, bu 2017 yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 9,4 va 9,1 foizga ziyod.

2020 yilda Xitoy temiryo‘llar uzunligini 30 ming km.ga, 2025 yilda esa 38 ming km.ga uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring