Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijlik ayollar uchun Saudiya Arabistoniga yolg‘iz borish taqiqlanadimi?

Xorijlik ayollar uchun Saudiya Arabistoniga yolg‘iz borish taqiqlanadimi?

Foto: AP / Mosa'ab Elshamy

«Arab News» gazetasining xabar berishicha, yaqin orada 25 yoshdan oshgan ayollar Saudiya Arabistoniga turmush o‘rtoqlarisiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Maxsus sayyohlik vizalari joriy yilning birinchi kvartalidan boshlab beriladi.

Bir martalik viza 30 kun davomida kuchda bo‘ladi. Boshqa vizalar, jumladan, ziyoratchilar va mehnat qilayotgan muhojirlar uchun mamlakat hududida ishlash davom ettiriladi.

Saudiya Arabistoni hukumatining ushbu qarori, mamlakatdagi turizm sohasining rivojlanishiga va boshqa mamlakatdan tashrif buyurgan ayollarning mamlakat madaniyati bo‘yicha ham ko‘plab ma’lumotlarni olishlariga zamin yaratadi.

Gazetaning aytishicha, ayni paytda xorijlik ayollarning Saudiya Arabistoniga turmush o‘rtoqlarisiz kelishlari taqiqlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda Arabistonning ijtimoiy hayotida bir qancha erkinliklar yaratilgan. Avvallari mavjud bo‘lgan ko‘plab qonunlar bekor qilingan, ayollarning huquqlari ham ancha kengaygan. Jumladan, ularga mashina haydash, futbol o‘yinlarida ishtirok etish, sud zallarida yuzlari ochiq tarzda qatnashishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring