Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir nominatsiya: «MDC Uzbekistan» kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

Yana bir nominatsiya: «MDC Uzbekistan» kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

Smartfonlar ishlab chiqaradigan «MDC» brendi blogerlar chempionati uchun «Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasini joriy qildi.

Hozirgi kunga kelib jahonda mobil texnologiyalarga bo‘lgan talab shiddat bilan o‘sib bormoqda. Shunday yuqori talabni hisobga olgan holda ko‘plab texnologik kompaniyalar iste’molchilarga yaxshi texnik xususiyatlarga ega hamyonbop qurilmalarni ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday yondashuv mobil texnologiyalar sohasida ko‘plab trendlarni yuzaga keltirmoqda.

«Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasi uchun chempionat ishtirokchilaridan ayni kunda taqdim etilgan yoki etilayotgan yaxshi texnik parametrlar bilan ta’minlangan hamyonbop (!) smartfon(lar) to‘g‘risida yozilgan tahliliy yoritilgan matnli-tavsiflar (ichida foto, video, grafika elementlari bilan) shaklidagi materiallar qabul qilinadi. Tavsifda smartfonning xususiyatlari batafsil va taqqosan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Materialning sifati va bayon usuliga alohida e’tibor beriladi.

Nominatsiya g‘olibi axborot texnologiyalarini o‘zbek tilida yoritadigan taniqli «Terabayt.uz» tahririyati tomonidan aniqlanadi. Mazkur nominatsiya bo‘yicha Blogerlar chempionati ishtirokchilari orasidan bir nafar g‘olib bo‘lishi mumkin. Nominatsiya g‘olibi qo‘sh kamerali va HD-ekran bilan jihozlangan noodatiy dizayndagi «MDC Prime Lite» smartfoni bilan taqdirlanadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring