Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Olimpiada-2020da tamaki chekishni taqiqlaydi

Yaponiya Olimpiada-2020da tamaki chekishni taqiqlaydi

Foto: «Apnews.com»

Tokio olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari barcha olimpiada ob’yektlarida tamaki chekish va veyp-qurilmalardan foydalanishni taqiqlaydi. Bu haqda AR xabar berdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, Yaponiyadagi umumiy ovqatlanish muassasalarining teng yarmida tamaki chekishga ruxsat berilgan.

Yaponiya televideniyesida tamaki mahsulotlari reklama qilinadi, sigareta qutilariga esa sog‘liqqa zarari haqidagi suratli ogohlantirishlar joylashtirilmaydi.

Agentlikning yozishicha, yapon hukumati tamaki biznesida katta ulushga ega. Masalan, eng yirik «Japan Tobacco Inc.» sigareta kompaniyasi aksiyalarining uchdan bir qismi davlatga qarashli.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2015-yildagi ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiyada erkaklarning 32,7 foizi, AQShda esa 24,4 foizi tamaki chekadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring