Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatiga ikki oy qolganda bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatiga ikki oy qolganda bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Foto: «Sport-ekspress»

Yaponiya terma jamoasining 65 yoshli bosniyalik murabbiyi Vohid Halilxodjich iste’foga chiqarildi.

Iste’fo haqida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Kodzo Tasimu mahalliy telekanallardagi chiqishi orqali e’lon qilgan.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga ikki oy qolganda murabbiyga chiqish eshiklari ko‘rsatilishiga Yaponiya terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlaridagi nursiz harakatlari sabab bo‘lgan. Yaponlar mundilaga chiqa olmagan Mali termasi bilan durang o‘ynagan (1:1), Ukraina termasiga esa mag‘lub bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, futbolchilarning bir qismi Halilxodjichning mashg‘ulotlar uslubidan norozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatida Polsha, Senegal va Kolumbiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring