Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada jazirama: 30 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada jazirama: 30 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Sputnik International»

Yaponiyada 9 iyuldan beri davom etayotgan jazirama tufayli halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetdi. Bu haqda «Kyodo» agentligi tarqatgan xabarlarga tayanib «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.

Bugun kunchiqar yurtda havo harorati 40,7 darajaga ko‘tarilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. O‘n minglab kishilar shifoxonaga yotqizildi.

Jaziraman eng ko‘p Okayama, Xirosima va Ehima provinsiyalari aholisi zarar ko‘rgan.

Yaponiya hukumati yana bir necha kun davom etadigan jaziramada soya-salqinda yurish va ko‘proq suv ichishni tavsiya qilyapti.

Yaponiyada joriy oy boshida kuzatilgan jala va suv toshqinlari tufayli 222 kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring