Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar ittifoqi tanlov e’lon qildi: g‘olibga 10 million so‘m beriladi

Yoshlar ittifoqi tanlov e’lon qildi: g‘olibga 10 million so‘m beriladi

Yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qiluvchi rolik mualliflarini rag‘batlantirish maqsadida Ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilindi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar media markazi tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda g‘oliblar beshta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi:

1) Innovatsion g‘oya va aqliy salohiyatni oshirish;

2) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandlikka ko‘maklashish;

3) Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib qilish;

4) Jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish;

5) «Bu – mening O‘zbekistonim».

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rin hamda rag‘batlantiruvchi mukofot beriladi. 1-o‘ringa 5 million so‘m, 2-o‘ringa 3 million so‘m, 3-o‘ringa 2 million so‘m, rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibiga esa 1 million so‘m ajratilgan.

Hakamlar hay’ati qarori bilan 5 ta nominatsiyaga taqdim etilgan roliklardan biri mutlaq g‘olib sifatida e’lon qilinadi va muallifga 10 million so‘m beriladi.

Materiallar 24-dekabrga qadar Yoshlar ijod saroyida qabul qilinadi. Unda 2018-yil davomida tasvirga olingan mavzuga oid barcha roliklarni taqdim qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring