Yunusobod tuman hokimi pora olish vaqtida qo‘lga olindi

Toshkentning Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olish vaqtida qo‘lga tushirildi. U yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha pora olmoqchi bo‘lgani taxmin etilgan. Bu haqda «Gazeta.uz» huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib xabar tarqatdi.
Tuman hokimi 7-sentyabr, juma kuni o‘z ishxonasida qo‘lga olingan.
Baxtiyor Abdusamatov (1976-yilda tug‘ilgan, 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan) Yunusobod tumaniga 2017-yil aprelida hokim etib tayinlangan edi. Ungacha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter